Liviya mudofaa vaziri mamlakatdagi siyosiy böliniş xavfidan ogohlantirdi
Liviya Milliy birlik hukumati mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi Abdussalom Zubiy Benğozi portiga ekipajsiz suv usti qurilmasi orqali uyuştirilgan hujum mamlakat suvereniteti içki siyosiy nizo qurboniga aylanib qolişi naqadar xavfli ekanini yana bir bor körsatganini taʼkidladi.
Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan bayonotda mulozim şahar xavfsizligi, aholi turmuşi va infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazişi mumkin bölgan bunday harakatni qoraladi. Uning taʼkidlaşiça, xalqaro maydonda nizo öçoği kengayib, milliy xavfsizlikka tahdid kuçayib borayotgan bir payt mamlakat mustaqillik bilan boğliq tor manfaat va içki parokandalik qurboniga aylanişi öta xavfli.
Zubiy rasmiy Tripoli uşbu masalada qatʼiy yondaşuvga egaligini qayd etib, quruqlik, suv va havo çegarasini işonçli himoya qilişga qodir yagona, professional armiya şakllantiriş ustuvor vazifaligini bildirdi. Şuningdek, qurolli kuçlarni birlaştiriş jarayoni siyosiy muzokaradagi turğunlik, turli şart yoki mintaqaviy raqobat tufayli töxtab qolmasligi kerakligini taʼkidladi.
Qöşimça qilinişiça, hukumat bunday noxuş hodisalar liviyaliklar uçun odatiy holga aylanişiga aslo yöl qöymaydi. Fuqarolar uyida tinçlik va xavfsizlikni his qilişi, mamlakat suvereniteti daxlsizligi taʼminlanişi uçun bor imkoniyat işga solinadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Vakillar palatasi tomonidan tayinlangan Benğozi hukumati şahar portida Rossiya kemasi ekipajsiz suv usti qurilmasi hujumiga uçraganini maʼlum qilgan. Fojia oqibatida 10 kişi jarohatlangani aytilgan.
Ayni payt Liviyada ikki hokimiyatçilik saqlanib turibdi: poytaxt Tripolida BMT tomonidan tan olingan Milliy birlik hukumati, Benğozida esa Vakillar palatasi tomonidan tayinlangan hukumat faoliyat yuritmoqda.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA