Daniyada öquvçilarga tanaffus payti ham telefondan foydalaniş taqiqlanadi
Daniya hukumati maktab va boşqa taʼlim muassasalarida mobil telefon hamda şaxsiy internet qurilmalaridan foydalanişni butun mamlakat böylab taqiqlaş masalasida kelişuvga erişdi, deb xabar berdi "Kazinform" agentligining Yevropadagi muxbiri.
Yangi çeklov 2027-2028 öquv yilidan kuçga kiradi. Bundan taşqari endi maktablar öz internet tarmoğida kontentni tozalaş tizimini joriy etişi şart. Xususan, ijtimoiy tarmoq, öyin, internet-dökon va taʼlim jarayoniga aloqador bölmagan boşqa saytlarga kiriş çeklanadi. Telefonlarni ertalab yiğiştirib oliş yoki öçirilgan holda sumkada saqlaş tartibini har bir öquv muassasasi mustaqil belgilaydi.
Taʼlim vaziri Magnus Xoynike bolalar doimiy ravişda çalğimasdan, taʼlim oliş imkoniga ega bölişi zarurligini taʼkidladi.
– Uşbu çeklov maktabda tinçlikni saqlaş, öquvçi diqqatini darsga jamlaş va bolalarning bir-biri bilan bevosita aloqasini kuçaytirişga qaratiladi, – deyilgan taşabbusning maqsadi haqidagi maʼlumotda.
Yangi tartib 2025-yil qabul qilingan, faqat uçinçi sinfgaça bölgan öquvçilarga telefondan foydalanişni taqiqlaş nazarda tutilgan partiyalar aro kelişuv örniga joriy qilinadi. Tegişli qonun loyihasi parlamentning navbatdagi sessiyasiga körib çiqiş uçun taqdim etiladi. Bu qaror Daniya öquvçilarining bilim körsatkiçi pasaygani aks etgan PISA xalqaro tadqiqoti sönggi natijasi asnosida qabul qilindi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiyadagi barça litseylarda qöl telefonidan foydalanişni taqiqlaş mavzusi kötarilgan. Şuningdek, qurilmalardan öquv maqsadida foydalaniş imkonini beruvçi ayrim jihatlar muhokama qilingan edi.
A.Mamatov, ÖzA