Kanada Boş vaziri Trampni hazilona tanqid qildi
Kanada Boş vaziri Mark Karni AQŞ bilan munosabatdagi keskinlikni hazil orqali tanqid qildi. U Ottavada parlament matbuot galereyasi anʼanaviy keçki tadbirida sahnaga Prezident Donald Trampning raqs harakati va imo-işorasiga taqlid qiluvçi hajviy aktyorni taklif qildi.
Tadbir davomida Karni Amerika yetakçisining Kanadani 51-ştatga aylantiriş haqidagi bayonoti hamda özaro savdo muzokarasiga töxtaldi. Tramp timsolidagi ijroçi sahnaga çiqib, uning öziga xos harakati va raqsini takrorladi. Söng Karnining yoniga kelib, u bilan birga çiqiş qildi.
Sanʼatkor hukumat rahbariga qarata şunday dedi:
– Mark, biz ajoyib kelişuvga erişamiz. Sizni yuzingizga qarab “gubernator” emas, Mark deb atayman, çunki men qörqoqman. Oldimizda faqat bir tösiq bor, bu – men.
Şuningdek, ziyofat çoği Tramp Oq uydagi yassi xonani oltin rang unsur va zarhal bezak bilan haşamatli tarzda qayta jihozlagani ustidan ham hazil qilingan.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA