«Liverpul» Bredli Barkola transferini tezlashtirdi
Hozircha asosiy masala PSJ bilan transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishish bo‘lib qolmoqda.
«Liverpul» klubi PSJ vingeri Bredli Barkola transferi ustidagi ishlarni jadallashtirdi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 22 yoshli fransiyalik futbolchining shaxsiy shartlari bilan allaqachon tanishib chiqqan va u bilan shartnoma borasida muammo bo‘lmasligiga ishonmoqda.
Hozircha asosiy masala PSJ bilan transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishish bo‘lib qolmoqda.
Qayd etilishicha, tomonlar o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar dushanba kuni bo‘lib o‘tadi. «Liverpul» yaqin kunlarda futbolchi bo‘yicha ilk rasmiy taklifni yuborishni ham rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bredli Barkolaning o‘zi ham yozgi transfer oynasida PSJni tark etishga qarshi emas.
«Qizillar» fransiyalik vinger bilan yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin shartnoma imzolash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi.