«Liverpul» Vinisius transferidan voz kechdi
26 yoshli futbolchiga da’vogar klublardan biri Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» jamoasi bo‘lib turibdi. Biroq bu transfer Vinisiusning o‘z qaroriga bog‘liq.
«Liverpul» klubi Madridning «Real» jamoasi vingeri Vinisius Juniorni transfer qilish imkoniyatidan voz kechdi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchining vakillari Vinisiusni «Liverpul»ga taklif qilgan. Biroq mersisaydliklar ushbu transferga qiziqish bildirmagan.
Qayd etilishicha, «Liverpul» ayni paytda hujumning o‘ng qanotini kuchaytirishga e’tibor qaratgan. Shu sababli Vinisius klubning transfer rejalari qatoriga kirmayapti.
Shu bilan birga, 26 yoshli futbolchiga da’vogar klublardan biri Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» jamoasi bo‘lib turibdi. Biroq bu transfer Vinisiusning o‘z qaroriga bog‘liq.
Avvalroq Vinisius va «Real» yangi shartnoma borasida hali kelishuvga erisha olmagani haqida xabar berilgandi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi tomoni 15 million yevro miqdorida sadoqat bonusi hamda Kilian Mbappe bilan teng maosh talab qilmoqda.
2025/26-yilgi mavsumda Vinisius «Real» safida barcha musobaqalarda 22 ta gol muallifiga aylangan.
Braziliyalik futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Arsenal» ham Vinisiusga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan.