«Arsenal» Vinisiusga klub tarixidagi eng qimmat summa taklif qilmoqchi
Qayd etilishicha, bosh murabbiy Mikel Arteta jamoasi Vinisiusni ikki asosiy maqsad sabab transfer qilmoqchi.
Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Real» jamoasi vingeri Vinisius Juniorga klub tarixidagi eng yirik moliyaviy shartnomani taklif etishga tayyor. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «kanonirlar» braziliyalik futbolchining hozirda «Real»da olayotgan haftasiga 465 ming yevrolik maoshidan ham yaxshiroq shartlarni taklif qilishga tayyor. Klub rahbariyati moliyaviy masala ushbu transferga to‘sqinlik qilmaydi, deb hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, bosh murabbiy Mikel Arteta jamoasi Vinisiusni ikki asosiy maqsad sabab transfer qilmoqchi. Birinchisi — chempionlikdan so‘ng tarkibni yanada kuchaytirish, ikkinchisi esa Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonishdir.
O‘tgan mavsum «Arsenal» Chempionlar ligasi finalida PSJga mag‘lub bo‘lgandi.
Vinisiusning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Bu holat «Arsenal»ga futbolchini yaqin yillarda qo‘lga kiritish umidini bermoqda. Biroq hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan.