Konkurchilarimiz Rossiyada medalli bo‘ldi
Rossiyada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 5 ta medalni qo‘lga kiritdi.
«Yevroosiyo yoshlar o‘yinlari», «Yevroosiyo o‘yinlari» va «Maxima Masters» musobaqalarini qamrab olgan xalqaro turnirning dastlabki kunida sovrinli o‘rinlarni terma jamoamiz a’zolaridan Xurshidbek Alimjonov, Boburjon Valijonov va Bekzod Ro‘zmuhamedov turli yo‘nalishlardagi bahslarda qo‘lga kiritdi.

T.Ro‘ziyev,
O‘zA