Konimexda tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Konimex tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, zamonaviy tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda tuman tibbiyot tizimida 63 nafar shifokor faoliyat yuritmoqda. Aholiga tuman tibbiyot bo‘limi, ko‘p tarmoqli oilaviy poliklinika, 2 ta oilaviy poliklinika hamda 10 ta oilaviy shifokorlik punkti orqali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
[gallery-30328]
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada navbatni avtomatlashtiruvchi «Infokiyos» qurilmasi ishga tushirildi. Bu tizim orqali bemorlar tibbiyot muassasasiga bormasdan turib navbatga yozilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Shuningdek, tumanning chekka cho‘l hududlarida yashovchi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida «Mobil poliklinika» faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mutaxassislar har oy ushbu hududlarga chiqib, aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Aniqlangan bemorlarga ambulator va statsionar sharoitda davolanish uchun zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA