Konferensiya qatnashchilari Samarqandda
Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Mustaqil O‘zbekiston – 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari Samarqandda bo‘ldi.
Samarqand temir yo‘l vokzalida mehmonlarni viloyat hokimligi mas’ullari kutib oldi.
Mehmonlar Samarqand bilan tanishuvni Imom Buxoriy majmuasidan boshladi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ulug‘ muhaddis Imom Buxoriyning islom olamida tutgan yuksak maqomi va salohiyatiga munosib tarzda yangidan bunyod etilgan ziyoratgohdagi qurilish-obodonlashtirish ishlari, ulug‘ ajdodimiz ilmiy-ma’rifiy merosi haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, ulkan masjid va zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida yaratilgan muzeyni mehmonlar katta qiziqish bilan tomosha qildi.



Shundan so‘ng, anjuman qatnashchilari Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va boshqa tarixiy-madaniy ob’ektlarda bo‘lib, xalqimizning bir necha ming millik tarixi, boy madaniy merosi va ajdodlarimiz bunyodkorlik salohiyati bilan yaqindan tanishdilar. Ayni paytda yurtimizda bu madaniy merosni asrab-avaylash va dunyoga keng targ‘ib etish borasida ibratli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
G‘.Hasanov, O‘zA