AQSH diplomatlari Saudiya Arabistonidan olib chiqilmoqda, Putin va Zelenskiy muzokaralarga rozi bo‘ldi, Erondan keskin bayonot
Bugungi «Xorij xabarlari» dasturida AQSHning Saudiya Arabistonidagi ayrim diplomatlari va ularning oila a’zolarini mamlakatdan olib chiqish qarori, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning AQSH vositachiligidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini davom ettirishga rozilik bildirgani haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, Eronning AQSHning ehtimoliy harbiy zarbalariga keskin bayonot bilan javob bergani, Yevropadagi namoyishlarda Rossiyaning ehtimoliy ishtiroki yuzasidan tekshiruv boshlangani, Ukraina Milliy banki rahbarining uyi va ofisida tintuv o‘tkazilgani hamda Janubiy Koreyada bir oydan ortiq vaqt kanalga qamalib qolgan akulaning ochiq dengizga qaytarilgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Nozimbek Mardonov,
Salim Obidjonov. O‘zA