Köçatçilik markazi taşkil etiladi
Guliston tumanida zamonaviy köçatçilik markazini taşkil etiş böyiça 5 million AQŞ dollarlik investitsiya loyihasi amalga oşiriladi. Xitoylik tadbirkorlar bilan hamkorlikda yölga qöyiladigan uşbu taşabbus hududda agrar sohani rivojlantiriş, sifatli köçatlar yetiştiriş va aholi bandligini taʼminlaş imkonini beradi.
Loyiha istiqbollari tuman hokimi Olimjon Jörayevning Xitoy Xalq Respublikasidan taşrif buyurgan tadbirkorlar bilan uçraşuvida muhokama qilindi. Muloqot davomida zamonaviy texnologiyalar asosida ösimliklar pitomnigini taşkil etiş, mevali va manzarali daraxtlar, turli butalar, golubika, malina hamda boşqa turdagi köçatlarni yetiştiriş va sotişni yölga qöyiş masalalari körib çiqildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra, umumiy qiymati 5 million AQŞ dollariga teng loyihani 200 gektar yer maydonida amalga oşiriş rejalaştirilgan. Bu yerda yetiştiriladigan köçatlar turlarini kengaytiriş, ularning sifati va bozorbopligini oşiriş orqali köçatçilik sohasida yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Loyihaning yana bir muhim jihati — yangi iş örinlari. U töliq quvvatda işga tuşirilgaç, 300 nafar fuqaroning bandligini taʼminlaş közda tutilgan. Bu esa tuman iqtisodiyotiga investitsiya kirib kelişi bilan birga, mahalliy aholi uçun ham daromad manbalarini kengaytiradi.
Uçraşuv yakunida loyihani amalga oşiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri