Kilian Mbappe jahon chempionati oldidan jarohat oldi
Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe kechagi mashg‘ulotlarni oxirigacha yetkaza olmagan.
Madridning "Real" klubi va Fransiya terma jamoasi yetakchisi Kilian Mbappe jarohat olgan.
Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe kechagi mashg‘ulotlarni oxirigacha yetkaza olmagan. Ma’lum bo‘lishicha Kilianni jarohat bezovta qilmoqda. Biroq tafsilotlar ochiqlanmagan. 8-iyun kuni "uchranglilar" jahon chempionati oldidan so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinida Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Mbappega ushbu bahsda dam berilishi kutilmoqda.
Fransiya terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Senegal, Norvegiya va Iroq bilan kuch sinashadi.