Fabio Kannavaro: Tog'li hududda mashg'ulot o'tash o'rniga Meksikaga o'yin oldidan borishni afzal ko'rdik
Guruh bosqichidagi uchrashuvlar ichida aynan shu oʻyin usti yopilmaydigan stadionda boʻlib oʻtadi.
Terma jamoamiz ustozi Kolumbiyaga qarshi o'yin haqida to'xtalin o'tdi.
"Raqiblarni oʻrganish boʻyicha tayyorgarlik ancha oldin boshlangan. Bilasiz, jahon chempionatida ilk uchrashuvimizni Kolumbiyaga qarshi Mexiko shahrida oʻtkazamiz. Mexiko dengiz sathidan baland joylashgani sababli, u yerda imkon qadar kechroq borishga qaror qildik. Odatda bunday balandlik sharoitiga moslashish uchun taxminan yigirma bir kun kerak boʻladi. Shu bois biz uch hafta davomida togʻli hududlarda tayyorgarlik oʻtkazish oʻrniga Mexikoga oʻyin oldidan borishni maʼqul koʻrdik. Biz bunday tajribani 2010-yilda Janubiy Afrikadagi jahon chempionatida ham qoʻllaganmiz. Lekin rostini aytsam, natija unchalik yaxshi boʻlmagani uchun bu safar boshqacha yoʻl tutishga qaror qildim. Aslida biz uchun asosiy eʼtibor qaratilishi kerak boʻlgan jihat ham shu. Bundan tashqari, ob-havo sharoiti ham biroz boshqacha boʻladi. Guruh bosqichidagi uchrashuvlar ichida aynan shu oʻyin usti yopilmaydigan stadionda boʻlib oʻtadi. Shu sababli bu uchrashuvga tayyorgarlik ham biroz oʻzgacha kechadi. Biroq jiddiy muammo koʻrmayapman, chunki Hyuston va Atlantadagi stadionlar yopiq boʻladi. Hatto tush payti oʻynasak ham, harorat taxminan yigirma-yigirma toʻrt daraja atrofida boʻladi. Bu esa futbol oʻynash uchun juda ham qulay sharoit", - dedi Kannavaro.
O'zbekiston Kolumbiya uchrashuvi 18-iyun kuni tonggi soat 07:00da start oladi.