Kiçik biznes – aholi bandligini taʼminlaş omili
Yangi Namangan tumanida kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş, işlab çiqariş hajmini oşiriş hamda aholi bandligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Tumanning Oromgoh mahallasida yakka tartibdagi tadbirkor Abdulaziz Nabiyev tomonidan 2024-yilda taşkil etilgan töqimaçilik korxonasida asosan soçiq mahsulotlarini böyaş işlari amalga oşirilmoqda. Ayni paytda bu yerda 10 nafar işçi mehnat qilmoqda.
Korxonada işlov berilgan mahsulotlar içki bozorga yetkazib berilmoqda. Şu bilan birga, taşqi bozorga çiqiş va eksport imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida Qirğiziston hamda Tojikistondagi hamkorlar bilan aloqalarni yölga qöyiş borasida işlar olib borilmoqda.
[gallery-32452]
Bunday tadbirkorlik subʼektlari hududda işlab çiqarişni rivojlantiriş, mavjud iş örinlarini saqlaş, aholi bandligini taʼminlaş va eksport salohiyatini yuksaltirişga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA