Kemran Nurillayev Paraosiyo o‘yinlarida ikkinchi bo‘ldi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tayotgan V Paraosiyo o‘yinlarining bugun, 19 oktbyar kunidan o‘rin olgan musobaqalarda vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Jumladan, para dzyudo bo‘yicha J2 toifasida 70 kilogrammgacha vazn toifasida Kemran Nurillayev so‘nggi hal qiluvchi final bellashuvida qozog‘istonlik Ibragim Nurmaxonuliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Ayni damda O‘zbekiston terma jamoasining medallari soni 1 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medalga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA