Kashtachilik an’analari davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanining Mingchinor mahallasida yashovchi hunarmand Hakimjon Tojiboyev 26 yildan buyon kashtachilik bilan shug‘ullanib kelmoqda. U mohir kashtachilarning uchinchi avlod vakili.
Hunarmand shu davr mobaynida 5 mingdan ziyod shogird tayyorlagan. Ayni paytda 200 nafarga yaqin xotin-qizga kashtachilik sir-asrorlarini o‘rgatib, ularning kasanachilik asosida bandligini ta’minlamoqda.
[gallery-30960]
Qo‘l mehnati bilan tayyorlanayotgan kashtalar nafaqat ichki bozorda, balki Rossiya, Turkiya, AQSH va qator Yevropa davlatlarida ham xaridorlar e’tiborini qozonmoqda.
Hakimjon Tojiboyev Belgiya, Fransiya, Italiya va Turkiyada tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z hunarmandlik mahsulotlari bilan ishtirok etgan.
Hunarmand kelgusida milliy kashtachilik an’analarini yanada keng targ‘ib etish, sayyohlarni jalb qilish va yoshlarga hunar o‘rgatish maqsadida hunarmandlar markazini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA