Kasbidan baxt topgan muallima (+video)
FOTOREPORTAJ
Surxondaryolik Xonsuluv Qilichova – 31 yildan buyon yosh avlod qalbiga ezgulik ulushayotgan jonkuyar pedagoglardan.
U Termiz tumanidagi 28-umumta’lim maktabida biologiya fanidan dars beradi. Shu bilan birga, “Ustoz-shogird” an’anasi asosida yosh o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish, dars jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tadbiq etishda ko‘mak va maslahatlar berib keladi. Maktab va maktabdan tashqari tadbirlarda faol.
[gallery-19445]
2020 yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan qahramonimiz bugungi kunning o‘qituvchisi shaxsiy namunaga ega bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi.
– O‘z ishini topa olgan odam saodatlidir, - deydi Xonsuluv Qilichova. –Menga bu borada omad kulib boqqan. O‘zim sevgan kasbda faoliyat olib borayotganimdan juda baxtiyorman.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eqiiU2j1iPc" title="Kasbidan baxt topgan muallima" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA