Karate WKF böyiça mamlakat çempionati davom etmoqda
Poytaxtimizdagi «Olimpiya şaharçasi»da karate WKF böyiça Özbekiston çempionati qizğin davom etmoqda.
Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan karateçilar iştirokida ötkazilayotgan mazkur musobaqa iqtidorli yoşlarni kaşf etiş, sportçilarning mahorat darajasini oşiriş hamda milliy terma jamoalar tarkibiga munosib nomzodlarni saralaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Çempionatning dastlabki kuni kata yönalişida kuçlilar saralangan bölsa, bugun kumite bahslariga start berildi. Turli yoş toifalarida keçayotgan bellaşuvlarda iştirokçilar özlarining texnik mahorati, jismoniy tayyorgarligi va taktik imkoniyatlarini namoyon etmoqda.
Kata yönalişining jamoaviy dasturida ğolib va sovrindorlar nomi maʼlum böldi. Erkaklar örtasida Karateni rivojlantiriş markazi jamoasi Özbekiston çempioni nomiga sazovor böldi. Andijon viloyati vakillari ikkinçi, samarqandlik karateçilar esa uçinçi örinni egalladi.
Ayollar örtasida keçgan bahslarda Samarqand viloyati jamoasi oltin medallarni qölga kiritdi. Xorazmliklar kumuş medalga sazovor bölgan bölsa, Andijon va Toşkent viloyati vakillariga bronza medallari nasib etdi.
[gallery-32707]
Mazkur çempionat mamlakatimizda karate sport turini yanada ommalaştiriş, istiqbolli iqtidor egalarini aniqlaş hamda xalqaro musobaqalarga munosib tayyorgarlik körişda muhim bosqiç hisoblanadi.
Musobaqa davom etmoqda.
Muhammad AMIN (surat), ÖzA