Jahon şaxmat toji uçun kuraşning ilk turida murosa yöli tanlandi
Ekspertlarning fikriça, jahon toji bahslarida kim vaqtni nazorat qila olsa, öşa natijadorlikka erişadi.
Şveysariyaning Jeneva şahridagi BMT Millatlar saroyida 2026-yilgi şaxmat toji va unvoni uçun hamyurtimiz Javohir Sindorov hamda amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi tarixiy musobaqaning 1-turi öta hayajonli keçdi.
Javohir Sindorov oq donalarda ötkazgan 1-tur bahsida amaldagi jahon çempioni Gukeş asosan himoya holatida harakat qilgan bölsa-da, murakkab vaziyatlardan çiqib ketiş imkonini topa oldi.

Aniq vaziyatlarga keladigan bölsak, öyinni baholab borgan kompyuter qurilmalari ikkala şaxmatçining dona suriş holatini 99 foiz bexato ekanini körsatdi. Bu, musobaqaning dastlabki bosqiçidayoq ikkala şaxmatçi çuqur tayyorgarlikka ega ekanliklarini amalda körsatdi.
Tajribali ekspertlarning fikri va hisob-kitobiga köra, jahon toji bahslarida kim vaqtni nazorat qila olsa, öşa natijadorlikka erişadi.

Bu jihatdan, Javohir Sindorov 1-turda unumli harakatlarni amalga oşirgan bölsa, ayrim vaziyatlarda Gukeş juda çuqur hisob-kitobga şönğidi va oradagi vaqt tafovutini 45 daqiqagaça yetkazdi.
Jahon şaxmat toji uçun şiddatli va öziga xos ruhiy bosim ostida keçgan dastlabki turdagi qarama-qarşilikda 20 yoşli grossmeysterlarning birinçi bahsi durang bilan yakunlandi.

Şu örinda har ikki şaxmatçining oldingi öyinlaridagi natijalariga eʼtibor qaratsak. Javohir Sindorov va Gukeş Dommaraju klassik, rapid va blits formatlaridagi rasmiy musobaqalarda 6-marta röbarö kelgan.
Uşbu qarama-qarşilik musobaqalarida Sindorov 4-marta ğalabaga erişgan bölsa, Gukeş 1-marta yutuqqa erişgan. Ular örtasidagi 1 ta öyinda murosa yöli tanlangan.
Statistik raqamlarga köra, vaqt nazoratlari kesimida klassik şaxmat — 2,5:0,5 Sindorov foydasiga, rapid — 0:1 Gukeş foydasiga, blits — 2:0 körinişida Sindorov foydasiga hal bölgan. Umumiy hisob — 4,5:1,5.
Bugun, 25-noyabr kuni mukofot jamğarmasi 2 500 000 AQŞ dollaridan iborat Jahon çempionligi va şaxmat toji uçun ötkazilayotgan musobaqaning 2-tur öyinlari bölib ötadi. Unda Javohir Sindorov qora, Gukeş oq donalarda harakatlanadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA