Kannavaro O‘zbekistonni Jahon chempionatiga qanday tayyorlayotganini aytdi
Men qiziqyapman. Chunki ko‘p italiyaliklar biz uchun quvonadi.
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro "Prime Video Sport IT" YouTube kanaliga bergan intervyusida Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni haqida fikr bildirdi.
"Jahon chempionatiga qaytish nima degani? Men bu haqda keyinroq aytaman, lekin hozir unga qattiq tayyorgarlik ko‘ryapman. Men futbolchilarga imkon qadar ko‘proq ma’lumot berishga harakat qilaman, chunki bu ular uchun birinchi tajriba.
Jahon chempionati — juda katta bosim. Shuning uchun men ularni shunday tayyorlashim kerakki, bizda yo‘qotadigan hech narsa yo‘q degan tushuncha bo‘lsin. Biz kichik terma jamoamiz. Biz chempion bo‘la oladigan darajada emasmiz. Lekin biz mehnat qiladigan, maydonda juda qiyin raqib bo‘ladigan jamoamiz. Men shunday futbolchilarni Jahon chempionatiga olib borishni xohlaymanki, ular hech qachon taslim bo‘lmasin.Mening vazifam — ulardan birinchi o‘yindagi qo‘rquv va bosimni olib tashlash. Biz juda qiyin guruhdamiz. Shuning uchun bir ochko ham katta natija bo‘lishi mumkin. Lekin barchasini o‘yin ko‘rsatadi.
Men qiziqyapman. Chunki ko‘p italiyaliklar biz uchun quvonadi. Lekin eng muhimi — biz birinchi marta Jahon chempionatiga chiqyapmiz.
Shu bilan birga, men Osiyo Kubogi haqida ham o‘ylayapman, chunki u juda tez — olti oydan keyin Saudiya Arabistonida bo‘ladi. Men u yerga zavq olish uchun boraman", — dedi Kannavaro.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi mundialdagi ilk o'yinini 18-iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.