Ispaniya terma jamoasi himoyachisi bo‘lajak mundialdagi favoritlik maqomiga munosabat bildirdi
Bo‘lajak musobaqaning guruh bosqichida Ispaniya terma jamoasi “H” kvartetida Saudiya Arabistoni, Urugvay hamda Kabo-Verde vakillariga qarshi maydonga tushadi.
Leverkuzenning “Bayer” klubi hamda Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Alexandro Grimaldo bo‘lajak Jahon chempionati oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Tajribali futbolchi terma jamoaning turnir bosh favoritlaridan biri sifatida e’tirof etilishiga xotirjam yondashayotganini ta’kidladi.
“Men bunday gap-so‘zlarga unchalik e’tibor bermayman. Yevropa chempionati vaqtida ham shunday bo‘lgan edi. Agar bizni favorit deb atashni istashsa — marhamat. Bu maqom bizga ortiqcha bosim tug‘dirmaydi va shu bilan birga, xotirjamlikka berilishimizga ham sabab bo‘lmaydi. Bizda Jahon chempionatida zafar quchishga qodir bo‘lgan jamoa shakllangan, bu — inkor etib bo‘lmas fakt. Ispaniya amaldagi Yevropa chempioni hisoblanadi va tarkibimizda juda ko‘plab iqtidorli futbolchilar jam bo‘lgan. Biz faqat g‘alaba qozonishni istaymiz va oldimizga qo‘yilgan yagona maqsad ham shundan iborat”, — deya Grimaldoning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak musobaqaning guruh bosqichida Ispaniya terma jamoasi “H” kvartetida Saudiya Arabistoni, Urugvay hamda Kabo-Verde vakillariga qarshi maydonga tushadi.