Kamilla Rahimova Xitoyda bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Xitoyning Pekin shahrida ayollar o‘rtasida davom etayotgan WTA 1000 turkumiga kiruvchi “China Open — 2026” xalqaro turnirida Kamilla Rahimova uchinchi davraga yo‘l oldi.
Nufuzli musobaqaning yakkalik bahslari ikkinchi davrasida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova kanadalik Leyla Fernandes ustidan 6:2, 4:6, 6:3 hisobida zafar quchdi. Darvoqe, tennischimizning ushbu muvaffaqiyati unga 65 reyting ochkosi va 62 ming 865 AQSH dollarini keltirdi.
Endi “China Open — 2026” turnirining uchinchi davrasida Kamilla Rahimova AQSH vakilasi Iva Yovich bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA