Kamilla Rahimova «Wuhan Open» turnirini g‘alaba bilan boshladi
Joriy yilning 12–18-oktabr kunlari Xitoyning Uxan shahrida ayollar o‘rtasida "WTA 1000" tasnifiga kiruvchi «Wuhan Open» xalqaro tennis turniri bo‘lib o‘tadi.
Mukofot jamg‘armasi 4 million 88 ming 211 AQSH dollarini tashkil etuvchi «Wuhan Open» turnirining saralash bahslari, bugun 10-oktabr kuni start oldi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi Kamilla Rahimova saralashning ilk davrasida amerikalik tajribali tennischi Sofiya Keninni 6:0, 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Endi Kamilla Rahimova navbatdagi uchrashuvini mezbonlar vakili Xan Shiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahsdagi g‘alaba hamyurtimizga turnirning asosiy to‘riga chiqish imkoniyatini beradi.
Darvoqe musobaqadagi yana bir vakili Polina Kudermetova esa bugun amerikalik tennischi Keti Volыnets bilan raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA