Jizzax viloyati xabarlari — qisqa satrlarda
Jizzax viloyatida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, jamoat xavfsizligini taʼminlaş, yoş askarlarni kasbga yönaltiriş va ekologik muhitni yaxşilaş borasida amaliy işlar olib borilmoqda. Hududlardagi taşabbuslar inson manfaatlari va farovonligini taʼminlaşga qaratilgan.
Jizzax şahridagi “Ravalliq” mahalla fuqarolar yiğinida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaş işlari davom etmoqda.
Xususan, reyestrda turuvçi kam taʼminlangan oilalar va nogironligi bölgan ehtiyojmand fuqarolar xonadonlariga borildi. Ularga bir martalik pul mablağlari yordami körsatildi. Bu orqali aholining ijtimoiy muammolarini örganiş va manzilli kömak beriş közlangan.


Şuningdek, fuqarolar mavjud imtiyozlar va qöllab-quvvatlaş çoralari haqida xabardor qilindi.
***
Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boşqarmasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlaşga qaratilgan profilaktik işlar olib borilmoqda.


Boşqarmaning Şaxsiy xavfsizlik bölimining katta ofitseri, podpolkovnik M. Otabekov Foriş, Baxmal va Ğallaorol tumanlarida şaxsiy tarkib bilan uçraşuvlar ötkazdi. Unda korrupsiya, tamagirlik, firibgarlik va radikalizmning oldini oliş masalalari muhokama qilindi. Xodimlarga xizmat intizomi, kiyiniş madaniyati va kasbiy etika talablariga amal qiliş tuşuntirildi.
Şuningdek, onlayn qimor öyinlariga aralaşmaslik hamda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişda qonunçilik talablariga rioya etiş zarurligi taʼkidlandi.
***
“Bir askar — bir kasb” tamoyili asosida Jizzax vohasidagi harbiy qisimlarning 100 nafar muddatli harbiy xizmatçisi kasb-hunarga öqitildi.

Bu jarayon muddatli harbiy xizmatçilarni kasb-hunarga öqitiş böyiça belgilangan çora-tadbirlar ijrosi doirasida taşkil etildi. Paxtakor tumanidagi 1-sonli texnikum bilan hamkorlikda amalga oşirilgan öquvlar olti oy davom etdi.

Harbiy xizmatçilar elektromontyor, santexnik, kompyuter texnikasi montajçisi va avtomobil dvigatellariga xizmat körsatiş yönalişlarini özlaştirdi.

Yana bir quvonarli jihat, askarlardan 10 nafari oliy taʼlim muassasalariga kiriş test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötdi. Ular talabalik safiga qöşilişdi.
***
Jizzax viloyati bojxona boşqarmasida “Yaşil kelajak sari qadam” taşabbusi doirasida ekologik tadbir ötkazildi. Unda boşqarma rahbariyati va xodimlari faol iştirok etdi.

Idora hududiga mevali köçatlar ekilib, obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi. Taşabbus orqali “Yaşil makon” umummilliy loyihasini qöllab-quvvatlaşga ham hissa qöşildi.

Bu kabi işlar atrof-muhitni asraş va yaşil hududlarni kengaytirişga xizmat qiladi.
***
Zomin tumanida talaba yoşlar iştirokida yonğin va is gazidan zaharlanişning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbir ötkazildi. Unda FVV masʼul xodimi va Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği örinbosari iştirok etdi.

Uçraşuvda kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş masalalari tuşuntirildi. Ayniqsa, is gazidan zaharlaniş, yonğin va gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi xavflariga alohida eʼtibor qaratildi. Isitiş moslamalaridan töğri foydalaniş, gaz jihozlarining sozligini nazorat qiliş zarurligi taʼkidlandi. Mörilar va şamollatiş tizimlarini muntazam tekşiriş böyiça tavsiyalar berildi.

Mutaxassislar belgilangan yonğin xavfsizligi talablariga qatʼiy amal qiliş inson hayotini asraşda muhimligini eslatdi.
Abdujalol Qayumov, ÖzA