JCh-2026. Paragvaylik futbolchi turnir tarixidagi to‘rtinchi eng tezkor avtogol muallifiga aylandi
Paragvay milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Damiyan Bobadilya uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq, aniqrog‘i 6-daqiqa u 50-soniyasida o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan AQSh va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda kutilmagan ko‘rsatkich qayd etildi.
Paragvay milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Damiyan Bobadilya uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq, aniqrog‘i 6-daqiqa u 50-soniyasida o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. MisterChip bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bu jahon chempionatlari tarixidagi to‘rtinchi eng tezkor avtogol sifatida qayd etildi.
Mundiallar tarixida bundan ham qisqa vaqt ichida faqatgina Sead Kolashinas (Bosniya va Gersegovina, 2014-yil), Karlos Gamarra (Paragvay, 2006-yil) va Ivan Vutsov (Bolgariya, 1966-yil) o‘z darvozasiga gol urib qo‘yishgan.