Angliya terma jamoasi jahon chempionati startidan avval yana bir noxush hodisaga duch keldi
Hozirda jamoa ixtiyorida bitta dona to‘p qolgan.
Angliya milliy terma jamoasining katta miqdordagi mashg‘ulot anjomlari o‘g‘irlab ketilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘qolgan buyumlar orasida terma jamoa yetakchilari Xarri Keyn va Jud Bellingemning butsilari ham bor. Bundan tashqari, inglizlar barcha mashg‘ulot to‘plaridan ham mahrum bo‘lgan. Hozirda jamoa ixtiyorida bitta dona to‘p qolgan. Shuningdek, Tomas Tuxel boshchiligidagi murabbiylar shtabining ham taktik doskalari va ko‘plab buyumlari ham o‘g‘irlangan. Bu esa o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishga yana qiyinchiliklar tug‘diradi.
Manbaga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari tergov ishlarini boshlagan. Ehtimoliy gumonlanuvchi sifatida Angliya terma jamoasining yuklarini tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchi ko‘rib chiqilmoqda.