Javohir Sindorov — “Clutch Chess: Champions Showdown 2026” g‘olibi!
AQSHning Sent-Luis shahrida o‘tkazilgan “Clutch Chess: Champions Showdown 2026” turnirida hamyurtimiz Javohir Sindorov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Mukofot jamg‘armasi 425 ming AQSH dollaridan iborat xalqaro turnirning so‘nggi kungi bahslarida Javohir Sindorov amerikalik Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va hindistonlik Praggnanandxa bilan 3 ta durang, 3 ta g‘alaba natijasini qayd etdi.

Ushbu muvaffaqiyat tufayli Sindorov uchinchi kungi musobaqalar yakuniga ko‘ra, 12 ochko jamg‘ardi. Turnirning birinchi kunidagi 3,5, ikkinchi kungi 5 ochko va uchinchi kungi 12 ochko holatida umumiy hisobda 20.5 ochko to‘plagan J.Sindorov musobaqada 1-o‘rinni egalladi.

AQSH turnirida g‘oliblikka erishgan Javohir Sindorov umumiy mukofot jamg‘armasining 125 ming dollariga ega chiqdi. Shu bilan birga u partiyalardagi g‘alabalari uchun belgilangan mukofot siylamalari va chempionga atalgan qo‘shimcha jekpotga ham ega chiqdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA