Jahon kubogi bosqiçida yoş qiliçbozlarimiz 4 ta medalga sazovor böldi
Bahraynning Manama şahrida qiliçbozlik böyiça yoşlar örtasida ötkazilgan Jahon kubogi bosqiçida mamlakatimiz vakillari 4 ta bronza medalini qölga kiritdi.
23 ta mamlakatning 121 nafar sportçisi qatnaşgan nufuzli musobaqaning dastlabki bosqiçida terma jamoamiz aʼzolari 3 ta bronza medaliga egalik qilgan edi.
Xususan, Uluğbek Usmonov rapira yönalişida, ösmirlar va qizlar termasi şpaga musobaqasining jamoaviy yönalişlarida 3-örinni egallagan.

Keça xalqaro turnirning yakkalik şpaga bahslarida terma jamoamiz aʼzolaridan Sanam Nazarova final bosqiçi ostonasida gonkonglik raqibi bilan teng kuraşda jahon kubogining bronza medalini qölga kiritdi.
T.Röziyev,
ÖzA