“EAST CUP & OLIMPIC STARS” xalqaro musobaqasi yakunlandi
Poytaxtimizdagi Respublika “Kelajak” markazi sport majmuasida badiiy gimnastika böyiça “EAST CUP & OLIMPIC STARS” xalqaro Gran-pri musobaqasi bölib ötdi.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi, Sport hamda Taʼlim va ilm-fan vazirliklari hamkorligida taşkil etilgan musobaqada mamlakatimiz sportçilari bilan bir qatorda 10 dan ortiq xorijiy davlatdan kelgan jami 300 nafarga yaqin sportçi iştirok etdi.
Beş kun davom etgan musobaqada iştirokçilar yakkalik va jamoaviy dasturlarda öz mahoratini namoyiş etdi. Bellaşuvlar xalqaro badiiy gimnastika qoidalari asosida ötkazilib, sportçilarning texnik tayyorgarligi, ijodiy yondaşuvi va ijro mahorati baholandi.
Musobaqaning oçiliş marosimida iştirok etgan Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi maslahatçisi Alişer Salomov ekologik barqarorlik va soğlom turmuş tarzi özaro uzviy boğliq ekanini taʼkidladi. Şuningdek, yoşlar örtasida sportni ommalaştiriş, ularning jismoniy faolligini rağbatlantiriş muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
[gallery-32410]
Bunday xalqaro musobaqalar yoş sportçilarning mahoratini oşiriş, iqtidorli gimnastikaçilarni kaşf etiş, turli mamlakatlar vakillari örtasida döstlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Şu bilan birga, mamlakatimizda badiiy gimnastikani yanada rivojlantiriş va uning xalqaro sport maydonidagi nufuzini oşirişda muhim örin tutadi.
Muhammad AMIN (surat), ÖzA