Futzal: Bahodir Ahmedov terma jamoa boş murabbiyi böldi
Futzal böyiça milliy terma jamoaga tayinlangan yangi boş murabbiy Bahodir Ahmedovni jamoatçilikka taniştiriş va murabbiy iştirokida matbuot anjumani taşkil etildi. Unda iştirok etgan Özbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov özbek futzalida yangi davr boşlanayotganini, yaqin istiqbolda Osiyo kubogini qölga kiritiş, jahon çempionati yöllanmasiga ega çiqiş eng muhim vazifalardan biri ekanini taʼkidladi.
Anjuman davomida ÖFF prezidenti B.Mamatqulov jurnalist va blogerlarning savollariga javob beriş asnosida şu paytgaça terma jamoada boş murabbiylik qilib kelgan ispaniyalik Xose Mariya Mendes salomatligi sababli lavozimidan ketganidan söng, federatsiya tomonidan uşbu vazifaga bir qator mahalliy va xorijlik nomzodlar körib çiqilganini, örganiş va takliflar asosida uning rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan Bahodir Ahmedov ijroiya qömita qaroriga muvofiq, terma jamoa boş murabbiyi etib tayinlanganini aytib ötdi.
Aytiş lozimki, Toşkent viloyatining Çirçiq şahrida tavallud topgan B.Ahmedov futzaldagi faoliyatini “Splav”, “Elektrokimyosanoat” va “Soliqçi” jamoalarida boşlagan. Keyinçalik “Yunusobod”, “Ardus” hamda “Stroitel Zarafşon” klublarida töp surgan va mamlakat çempionligiga erişgan.
Murabbiy sifatida “Maksam-Çirçiq”, va “Jizzax-Kenteks” jamoalarida Özbekiston çempionatida sovrinli örinlarni egallagan B.Ahmedov yetakçiligidagi futzalçilarimiz ikki marta Osiyo kubogida bronza medaliga sazovor bölgan.
Anjumanda aytilganidek, B.Ahmedov 2028-yilgi Osiyo çempionatining yakuniga qadar Özbekiston milliy terma jamoasini boşqaradi.
Öz navbatida, B.Ahmedov bugun yurtimizda mahoratli yoşlarning yangi, kuçli avlodi şakllangani, bunday futzalçilar bilan katta yutuqlarga erişiş mumkinligiga işonç bildirdi.
Matbuot anjumani davomida terma jamoaning kelgusi rejalari qatorida milliy çempionat va ommaviy futzal musobaqalarini rivojlantiriş, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytiriş, jahonning yetakçi terma jamoalari bilan örtoqlik uçraşuvlari, iqtidorli yoşlarni tayyorlaş, futzal böyiça huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş va yaqin kelajakdagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va istaklar bildirildi.
Tölqin Röziyev,
Alimurod Mamadaminov (surat),
ÖzA