IV Para Osiyo o‘yinlari boshlandi(+video)
Kecha, 2 dekabr kuni Bahraynda yoshlar o‘rtasida VI Para Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Osiyo qit’asining o‘ziga xos sport an’analari va Baxrayn davlat tarixi, milliy an’analari namoyishi o‘rin olgan ochilish marosimida mamlakatimizning matonatli sportchilari keng maydon uzra O‘zbekiston bayrog‘ini yuksaklarga ko‘targan holda o‘tishdi.

40 ga yaqin davlatning matonatli sportchilari ishtirok etayotgan mazkur yirik sport musobaqasida mamlakatimizning 17 nafar irodali yosh sportchisi para yengil atletika, para suzish, para taekvondo va para pauerlifting bo‘yicha Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

IV Para Osiyo o‘yinlari dasturiga binoan bugun, 3 dekabr kuni yengil atletika va para suzish bo‘yicha bahslar boshlanadi.
Musobaqalar 6 dekabrga qadar davom etadi.
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/IsTnPVESwkU" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>T. Ro‘ziyev, O‘zA