Italpress: Meloni Marchinelle fojiasi xotirasini yod etdi
Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Marchinelle fojiasi Italiya va Yevropa xalqlari xotirasida abadiy saqlanib qolishini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, u 1956-yildagi Marchinelle fojiasi 70 yilligiga bag‘ishlangan “Marcinelle 1956-2026 – “The Europe of Work, Peoples and Dignity” tadbiriga yo‘llagan video murojaatida shaxtada halok bo‘lgan 262 ishchi, jumladan 136 nafar italiyalikni yodga oldi.
Meloni Marchinelleni xorijda mehnat qilgan millionlab italiyaliklarning fidoyiligi va ularni qabul qilgan mamlakatlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ramzi, deb atadi. Shuningdek, yaqinda 8-avgust – “Mehnatda halok bo‘lganlar xotirasi – Yevropa kuni” deb e’lon qilinishi ta’kidlandi. Italiya hukumati mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.
Xabar O‘zA va “Italpress” axborot agentligi hamkorligi doirasida tayyorlandi.
D.Hakimov, O‘zA