Erdog‘an: TDT mustahkamlanmoqda
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an BMT Bosh Assambleyasida Turkiy davlatlar tashkiloti haqida gapirib, tuzilma yil sayin mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidladi.
Uning fikricha, 30-oktabrga belgilangan OTG yetakchilari navbatdagi sammiti uyushmani yanada rivojlantirish uchun yangi istiqbol va ufq очади.
Yetakchi Ozarbayjon va Armaniston tinchligi hamda Ukraina hududiy yaxlitligi mamlakati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ham urg‘u berdi.
– Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatni, ikki mamlakat rahbarlari tomonidan namoyish etilgan sadoqatni qo‘llab-quvvatlaymiz, dedi u. – Anqara Armaniston bilan munosabatni yaxshilashga qat’iy intiladi. Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi saqlab qolingan holda, Rossiya bilan urush tugashidan umidvormiz.
Shuningdek, Erdog‘an ikki davlatning Qora dengizdagi kemalarga hujumini qoralab, bu holatga qabul qilib bo‘lmaydigan, deya ta’rif berdi.
S.Rahimov, O‘zA