Italiya terma jamoasi Jahon chempioni bo'lgan terma jamoalar orasida tarixiy antirekord o'rnatdi
Italiya terma jamoasi JCh-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan "A" yo‘li pley-off final uchrashuvida Bosniya va Gersegovina jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:1, penaltilar bo‘yicha — 1:4).
Shu tariqa, "Skuadra Adzurra" barcha jahon chempionlari orasida antirekord o‘rnatib, tarixda ilk bor ketma-ket uchinchi mundialni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Shunday qilib, futbol tarixida birinchi marta jahon chempionatlarida g‘olib chiqqan terma jamoa musobaqaning final bosqichida ketma-ket uch marotaba ishtirok etmaydi.
Italiyaliklar so‘nggi bor 2014-yilda jahon chempionatida o‘ynashgan edi. Ta’kidlash joizki, "Skuadra Adzurra" to‘rt karra jahon chempioni (1934, 1938, 1982, 2006) hisoblanadi.