Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi: «Butun dunyo O‘zbekistonni past baholamoqda, biz ularga qarshi Portugaliyaga qarshi o'ynaganimizdek o'ynashimiz kerak»
Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Jon Kordoba JCh-2026 dagi asosiy vazifalar haqida gapirib berdi. Kolumbiyaliklar guruh bosqichida Portugaliya, O‘zbekiston va Kongo DR jamoalari bilan kuch sinashadi.
Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Jon Kordoba JCh-2026 dagi asosiy vazifalar haqida gapirib berdi. Kolumbiyaliklar guruh bosqichida Portugaliya, O‘zbekiston va Kongo DR jamoalari bilan kuch sinashadi.
— «Biz bor e’tiborimizni o‘z ishimizga qaratishimiz kerak, raqiblarni past baholashga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir jamoaning o‘z ustunliklari bor. Biz eng yuksak maqsadlarga erishmoqchimiz, har bir o‘yinga g‘alaba uchun tushamiz va bosqichma-bosqich oxirigacha borishga harakat qilamiz».
— Ronaldu bilan futbolka almashish niyati bormi? — «Men u bilan birinchi marta to‘qnash kelayotganim yo‘q. Bu avvalroq «Espanyol» va «Granada» safida o‘ynagan paytlarimda ham sodir bo‘lgan. Biz maydonda Krishtianu bor yoki yo‘qligini emas, o‘z o‘yinimizni o‘ylashimiz kerak».
— «Butun dunyo O‘zbekiston terma jamoasini yetarlicha baholamayapti. Biz esa ulardan ko‘ra ko‘proq tayyor bo‘lishimiz shart. O‘zbekistonga qarshi xuddi Portugaliyaga qarshi o‘ynagandek jiddiy o‘ynashimiz kerak», — dedi Kordoba.