Adidas JCh-2026 uchun inqilobiy butsalarni taqdim etdi: Tarixdagi eng yengil model!
Adidas kompaniyasi 2026-yilgi jahon chempionati uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi butsalarini namoyish etdi.
Adidas kompaniyasi 2026-yilgi jahon chempionati uchun maxsus ishlab chiqilgan yangi butsalarini namoyish etdi.
«Maksimal tezlanish uchun yaratilgan ⚡. Biz F50 Too Light butsalar kolleksiyasini taqdim etamiz. Uning tarkibidan Adidas tomonidan jahon chempionati uchun taqdim etilgan eng yengil model — F50 HYPERFAST EVO joy olgan», — deyiladi brendning X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 uchrashuvlari 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

