Italiya Ispaniya bilan Shengen kelishuvini to‘xtatishi mumkin
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Ispaniyaning Seuta avtonom shahriga yopirilib kelayotgan noqonuniy migrantlar oqimi sababli Madrid bilan Shengen kelishuvini vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga tayyorligini ma’lum qildi.
Meloni ta’kidlashicha, Seutadagi hozirgi vaziyat butun Yevropa chegaralari xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotganini ko‘rsatmoqda. Ispaniya OAVlarining xabar berishicha, oxirgi bir haftada Marokash orqali Seutaga 1500 dan ortiq migrant o‘tib olgan.
Ushbu inqiroz ortidan Ispaniya hukumati avtonom shaharda xavfsizlik va tartibni ta’minlash maqsadida qo‘shimcha harbiy kuchlarni safarbar etdi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA