Iste’molchilar huquqlari muhokamada (+video)
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni sifatida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan mazkur sanaga bag‘ishlab turli tadbirlar, xalqaro konferensiyalar o‘tkazilib kelinmoqda.
Bu yil ham 15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan German Sparkassenstiftung tashkiloti bilan hamkorlikda “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyada xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassis va ekspertlari ham ishtirok etdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/p7smWni4whE" title="Iste’molchilar huquqlari muhokamada" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ushbu xalqaro konferensiya mamlakatimizda moliyaviy savodxonlikni targ‘ib qilish, iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilish va davlat hamda xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarning muhim qismi sifatida e’tirof etildi.
Shuningdek, konferensiya doirasida Qo‘mita tashabbusi bilan har yili oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” va umumiy ovqatlanish, chakana savdo, moliyaviy xizmatlar, onlayn savdo va qurilish xizmatlari sohalarida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona tanlovlari o‘tkazilib, g‘oliblar munosib taqdirlanmoqda.
Bundan tashqari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida faol ishtirok etib kelayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari ham munosib taqdirlanadi.
N.Rahmonova, O.Davronov (video),
U.To‘xtayev (montaj), O‘zA