Isteʼmol bozorida qonuniylik va jamoatçilik nazorati muhim
Bugungi kunda isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş, bozorda tovar va xizmatlar sifati ustidan jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, aholining huquqiy savodxonligini oşiriş dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, isteʼmolçi manfaatlarining qonuniy himoya qilinişi nafaqat fuqarolarning kundalik hayotida, balki savdo va xizmat körsatiş sohasida soğlom raqobat muhitini şakllantirişda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Toşkent viloyatida bu borada amalga oşirilayotgan işlar, erişilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar Özbekiston isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlaşmasining 2022-2026-yillar hamda 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oşirgan faoliyatiga bağişlangan hisobot konferensiyasida sarhisob qilindi.
Unda hududiy birlaşma va tuman-şahar jamiyatlari masʼullari, delegatlar, hamkor taşkilotlar vakillari iştirok etdi.

Konferensiyada taʼkidlanganidek, hududiy birlaşma faoliyati "Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida"gi, "Jamoatçilik nazorati töğrisida"gi qonunlar hamda sohaga oid boşqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida taşkil etilgan.
Hisobot davrida fuqarolar murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş, buzilgan huquqlarni tiklaş va isteʼmolçilarning qonuniy manfaatlarini taʼminlaş asosiy yönalişlardan biri böldi. Xususan, 2022-yildan 2026-yilning 9 oyigaça hududiy birlaşmaga Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli işonç telefoni, Prezident murojaatlar portali, Boş prokuratura işonç telefoni, Telegram-bot, şuningdek, yozma va oğzaki şakllarda jami 3 ming 811 ta murojaat kelib tuşgan.

Ularning 3 ming 235 tasi ijobiy hal etilib, isteʼmolçilar foydasiga jami 2 milliard 270 million 141 ming 653 söm mablağ qayta hisob-kitob qilindi. Qolgan 576 ta murojaat esa tegişliligi böyiça vakolatli davlat organlariga yönaltirilib, qonuniy yeçim topişiga kömaklaşildi.
Murojaatlarning asosiy qismi savdo va xizmat körsatiş, tovarlar sifati, kafolatli xizmat, mahsulotlarni qaytariş va almaştiriş, kommunal, tibbiy hamda bank-kredit xizmatlari bilan boğliq.
– Bu raqamlar ortida öz huquqini tiklaşga erişgan minglab fuqarolarning manfaatlari mujassam. Şu bois murojaatlar bilan işlaşda tezkorlik, qonuniylik va natijadorlikka alohida eʼtibor qaratilyapti, – deydi Özbekiston isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlaşmasi aʼzosi Şuhratjon Rajabov. –Isteʼmol bozorida qonunçilik talablariga rioya etilişini taʼminlaş, fuqarolarning huquq va manfaatlariga daxldor muammolarni aniqlaş maqsadida jamoatçilik nazorati tadbirlari ham izçil olib borildi. Xususan, huquq-tartibot idoralari bilan kelişilgan hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan iş reja asosida 18 ming 456 dan ortiq xöjalik yurituvçi subʼekt faoliyati örganildi. Örganişlar davomida soliq, mehnat, soğliqni saqlaş hamda isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisidagi qonunçilik talablariga zid bölgan 2 ming 956 ta holat aniqlanib, tegişli çoralar köriş uçun vakolatli organlarga yuborildi. Şuningdek, savdo dökonlari, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari va xizmat körsatiş obʼektlarida tovarlarning yaroqlilik muddati, narxlarning töğri körsatilişi hamda savdo qoidalariga rioya etilişi yuzasidan jamoatçilik monitoringlari ötkazildi.

Konferensiyada erişilgan natijalar bilan bir qatorda, tuman va şahar jamiyatlari faoliyatida uçrayotgan ayrim muammo va kamçiliklar ham tanqidiy tahlil qilindi. Kelgusida isteʼmolçilar huquqlarini himoya qilişda jamoatçilik iştirokini yanada kengaytiriş, fuqarolar murojaatlari bilan işlaş samaradorligini oşiriş, huquqiy tarğibot tadbirlarini kuçaytiriş hamda davlat organlari bilan ijtimoiy şeriklikni mustahkamlaş ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi.
Darhaqiqat, isteʼmolçi manfaatlarini himoya qiliş faqat murojaatlarni körib çiqiş yoki aniqlangan qonunbuzilişlarga çora köriş bilangina çeklanmaydi. Bu eng avvalo, fuqarolarning huquqiy ongi va isteʼmol madaniyatini yuksaltiriş, bozorda qonuniylik va masʼuliyat muhitini qaror toptirişni talab etadi. Toşkent viloyatida amalga oşirilayotgan işlarning samarasi ham ana şu maqsadlarga qay darajada erişilayotgani bilan belgilanadi.
A. Musayev, ÖzA