Isroil razvedkasi Eron harbiy qudrati tez fursatda tiklanayotganidan xavotirda
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) hamda “Mossad” maxsus xizmati vakillari Eronning harbiy imkoniyati kutilganidan ancha jadal sur’atda qayta tiklanayotganidan hayratda.
Bu haqda “The Jerusalem Post” nashri o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Avvalroq isroillik mutaxassislar berilgan zarbalar natijasida Tehronning harbiy salohiyati bir necha yil orqaga surilgani haqida xulosa qilgan edi. Hozir esa bu taxmin o‘zini oqlamagani tan olinmoqda.
Gazeta yozishicha, SAXAL bir necha yo‘nalish, jumladan ballistik raketa ishlab chiqarish bo‘yicha Eron hech kim kutmagan darajada tez o‘sishini kuzatmoqda. Agar jarayon shu taxlit davom etsa, Islom Respublikasining raketa zaxirasi bir yildan kamroq vaqt ichida nizogacha bo‘lgan darajaga chiqib olishi mumkin.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA