Finlyandiya Ukrainaga 28,5 million yevro beradi
Finlyandiya Ukrainaning urush oqibatida zarar ko‘rgan energetika infratuzilmasini qayta tiklash maqsadida taraqqiyot hamkorligi jamg‘armasidan qariyb 28,5 million yevro ajratmoqda. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Loyihaning umumiy qiymati 46,5 million yevroni tashkil etib, qolgan qismi Ukraina tomonidan mustaqil ravishda moliyalashtiriladi.
Mamlakatni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Urnafta” kompaniyasi zarur elektr stansiyalarini xarid qilmoqda. Ta’kidlanishicha, Rossiyaning infratuzilmaga bergan zarbalari aholi kundalik turmushiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir payt, ayniqsa qish mavsumida ishonchli energiya manbaiga ega bo‘lish juda muhim.
Ushbu stansiyalarni yetkazib beruvchi pudratchi sifatida “Wärtsilä Finland Oy” kompaniyasi tanlangan. Elektr uskunalari Vaasa shahrida ishlab chiqariladi. Tashabbus Finlyandiyada yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy mutaxassislar tajribasini oshirish va mamlakat eksport salohiyatini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA