Islom sivilizatsiyasi markazi Farg‘ona yoshlari nigohida
Farg‘ona viloyat hokimligi tashabbusi bilan 200 nafar faol, iqtidorli yoshning Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohati tashkil etildi.
Ular markazda bo‘lgan chog‘i tarixiy eksponatlar, noyob qo‘lyozmalar va ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Xalqimizning asriy ma’naviyati, ajdodlarimizning jahon ilm-fani va tamadduni rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, Farg‘ona tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlar ishtirokchilarda faxr hissini uyg‘otdi.







Toshkentga safar qilgan yoshlar e’tibor va g‘amxo‘rlik, ulkan bunyodkorlik ishlari uchun O‘zbekiston hukumati va davlatimizdan minnatdor ekanliklarini bildirdilar.
Muhammadjon Obidov, O‘zA