Farg‘onada ta’lim sohasida o‘rtacha ish haqi
Mamlakatda bosqichma-bosqich ish haqi oshib boryapti.
Jumladan, ta’lim sohasida ham. Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-mart oylarida Farg‘ona viloyatida o‘rtacha oylik ish haqi oliy ta’lim sohasida 10 565,3 ming so‘mni tashkil etgan. Bu esa ming dollarga biroz yetmaydi. Ammo... aynan statistika ma’lumotlariga tayanilsa, Farg‘ona viloyatida texnik va professional ta’lim xodimlari ish haqi o‘rtacha 4,8 mln, umumiy o‘rta ta’limda 4,5 mln va maktabgacha ta’lim mutaxassislariniki 2,5 mln so‘mni tashkil etgan.
Bu raqamlar umumlashganda, ya’ni Farg‘onada ta’lim sohasidagi o‘rtacha oylik ish haqi 4 million 240 ming so‘mga yetgan.
Muhammadjon Obidov, O‘zA