Islohotchilik harakatining manbashunoslik tahlili
Sharifjon Ganidjanovich ISLAMOV Ilmiy xodim Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Toshkent, Oʻzbekiston sharqregister@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan islohotchilik harakati qoʻlyozma, toshbosma manbalar asosida davr ishtirokchilarining mulohazalari orqali tahlil etilgan.
XX asr boshlarida matbuot nashrlarida koʻp kuzatilgan “jadidchilik harakati” XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi islohotchilik harakatini toʻlaligicha oʻzida aks ettirgandek tasavvur hosil qilsa-da, biroq XIX asr oxirida mahalliy ulamolar tomonidan risolalar shaklida chop etilgan islohotchilik gʻoyalari va mulohazalarini rivojlantirganlar aynan jadidlar ekanligi yoritib berilgan.
Tayanch soʻzlar: Islohotchilik harakati, jadidchilik harakati, isloh, izoh, qoʻlyozma, toshbosma nashr, jadidchilik, mahalliy ulamo.