Temuriylar xonadoni tarixini tasviriy manbalar orqali örganiş imkoni yaratildi
Temuriylar xonadoni tarixini tasviriy sanʼat namunalari orqali örganiş nafaqat Özbekiston, balki jahon tarixşunosligi uçun ham beqiyos ilmiy ahamiyatga ega bölib, bu asarlar öşa davrni tadqiq etişda muhim manba bölib xizmat qiladi.
Tarixçi olimlar Abdumajid Madraimov va Askariy Madraimov hammuallifligida “Temuriylar xonadoni tarixi: Akbarşoh ajdodlari” nomli yangi ilmiy naşr çop etildi. Unda Amir Temur va Temuriylar sulolasi vakillarining hayoti, tarixiy-madaniy merosi hamda Boburiylar davriga oid muhim voqealar noyob miniatyuralar asosida tadqiq etilgan.
Naşrning asosiy manbaviy negizini Hindistonning Patna şahridagi Xudo Baxş Şarq qölyozmalari jamoat kutubxonasida saqlanayotgan 131 ta noyob miniatyura taşkil etadi. Uşbu tasvirlarda Amir Temur davridan Boburiylar sulolasi hukmronligigaça bölgan tarixiy jarayonlar, hukmdorlar faoliyati, saroy muhiti va öşa davrning madaniy anʼanalari öz aksini topgan.
Tadqiqotda, şuningdek, XVI–XVII asrlarda Hindiston, Xuroson va Şimoliy Xitoy hududlarida keçgan tarixiy-madaniy jarayonlar, miniatyura sanʼatining öziga xos xususiyatlari hamda tasviriy manbalarning ilmiy ahamiyati çuqur tahlil qilingan. Mazkur asar Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti hamkorligida tayyorlangan.
Uşbu kitob Temuriylar va Boburiylar sulolalari örtasidagi tarixiy vorislikni, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosni hamda Şarq miniatyura sanʼatining tarixiy manba sifatidagi örnini çuqurroq anglaş imkonini beradi.
Ayniqsa, xorijdagi kutubxona va qölyozma fondlarida saqlanayotgan Özbekiston tarixiga oid noyob manbalarni aniqlaş, tadqiq etiş va ilmiy muomalaga kiritiş bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
A.RUSTAMOV,
ÖzA