Abdurauf Abdurahim öğli Fitrat: tilşunos, dramaturg, islohotçi (+video)
2026-yilda jadidçilik harakatining yirik namoyandasi, adib, olim va davlat arbobi Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi keng nişonlanmoqda. 1886-yilda Buxoroda tuğilgan alloma özbek tilşunosligi, adabiyotşunosligi, dramaturgiyasi va milliy uyğoniş ğoyalari rivojiga ulkan hissa qöşgan.
Abdurauf Abdurahim öğli Fitrat özbek madaniyati tarixiga şoir va nosir, dramaturg va publitsist, tilşunos va adabiyotşunos, tarixçi va faylasuf, sanʼatşunos va jamoat arbobi sifatida kirdi.
Abdurauf Fitrat 1886-yili Buxoroda ziyoli oilasida tuğilgan. Dastlabki taʼlimni Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida oldi. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Şarqning buyuk allomalari ijodini yaxşi özlaştirdi.
Adibning otasi savdo işlari bilan şuğullangan bölib, 1918-yilgaça Qaşqarda turib qolgan. U asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bölib, u tufayli Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi ulkan şoirlarning ğazallaridan xabardor böldi.
Fitrat 1909-yili Turkiyaga öqişga borib, 1913-yilgaça Istanbul dorilfununida tahsil kördi. Turkiyada taşkil topgan “Buxoro taʼlimi maorifi” uyuşmasida faollik körsatdi. Uning ilk töplami 1911-yilda “Sayha” (“Çorlov”) nomi bilan çop etildi. “Sayyohi hindi”, “Munozara” kabi asarlari ham şu yillarda Turkiyada naşr etildi.
1909-1913-yillarda Turkiya dorilfununida öqiyotganida jadidçilik ğoyalari bilan tanişib, şu ğoyalar bilan suğorilgan asarlar yozdi. U Turkiyadagi tahsili davrida öziga Fitrat (zukko, dono, bilimdon) deb taxallus oldi.
“Jadidlar — millat qahramonlari“ loyihasining bu galgi soni yozuvçi, şoir, jurnalist, siyosiy arbob va Turkiston jadidçiligining ğoyaviy yetakçilaridan biri sifatida tanilgan — Abdurauf Abdurahim öğli Fitratning 140 yilligiga bağişlanadi.
Muhayyo Turdaliyeva, Nişonboy Abduvoitov, Anvarxöja Ahmedov, ÖzA