Işga kiritiş evaziga pul olayotgan şaxs uşlandi
Oxirgi paytlarda işga joylaşiş istagidagi fuqarolarning işonçidan foydalanib, ularga turli vaʼdalar beriş orqali pul undiriş holatlari uçrab turibdi. Ayniqsa, davlat muassasalariga işga kiritişni “hal qilib beriş”ni taklif etayotgan şaxslarning bunday harakatlari ortida köpinça noqonuniy manfaatdorlik yotadi. Toşkent viloyatida aniqlangan navbatdagi holat ham buning bir misolidir.
Xususan, Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent viloyati boşqarmasi hamda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining viloyat boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.
Unda 1985-yilda tuğilgan, Zangiota tumanidagi mahallalardan birining raisi K.U. tomonidan fuqaroni Respublika şoşilinç tibbiy yordam markaziga işga joylaştirib qöyiş evaziga uç ming AQŞ dollari talab qilingani aniqlandi. U söralgan pulni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Mazkur holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
A. Musayev,ÖzA