Bolani uriş bilan tarbiyalab bölmaydi
Baʼzi paytlar ijtimoiy tarmoqlarda öz öquvçisini urgan öqituvçilar haqida xabarlar çiqib qoladi. Albatta, öqituvçi öz öquvçisiga bekordan bekorga qöl kötarmaydi. Bunga köpinça bolaning şöxligi, gap qaytarişi yoki uyga berilgan vazifani bajarmasligi sabab böladi. Ammo nima bölgandayam bolani uriş töğri emas.
Şunda nima uçun degan savol tuğiladi? Çunki taʼlim-tarbiyaning maqsadi, insoniylik jihatdan ham bu narsaga yöl qöyib bölmaydi. Bundan taşqari, yurtimizda bu borada bir qator farmon, qaror va qonunlar qabul qilingan. Bularga misol tariqasida Prezidentimizning “2026 – 2030-yillarga möljallangan Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida” farmoni hamda “Bola huquqlari kafolatlarini taʼminlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” gi qarori, şuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Bolalarga nisbatan zöravonlik holatlarini aniqlaş, zöravonlik xavfi darajasini baholaş, himoya qiliş rejasini işlab çiqiş hamda uni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida” qarori qabul qilingan. Bundan taşqari, “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş töğrisida” gi qonun ham bor. Albatta, bu farmon, qaror va qonunlar bizga amaliy dastur va qöllanma vazifasini ötaydi, misoli yölçi yulduzdek yöl körsatadi.

Meni bir narsa ajablantiradi. Ijtimoiy tarmoqlarda berilgan xabarlarga yozilgan şarhlarda ayrimlar urgan öqituvçiga xayrixohlik bildirişadi, uni oqlab çiqişadi. Ular “bizni ham vaqtida öqituvçilarimiz urişgan. Mana bugun yomon odam bölib yetişmadik. Yetarli obrö, eʼtiborga egamiz” deyişadi. Ammo şuni yaxşi bilişimiz kerakki, bolalar şöxlik qilganlarida köpinça, qilayotgan işlarining oqibatini öylab körişmaydi. Boşqaça aytganda, şöxlik aqldan ustunlik qiladi. Xöş unda qanday yöl tutmoqlik kerak? Menimça, bu vaqtda jahlga erk bermasdan, ularga qilgan işlarining xato ekanligini misol va dalillar bilan tuşuntirib beriş kerak böladi.
Taniqli yozuvçi Sadriddin Ayniyning “Eski maktab” asarida ötmişdagi bolalarga taʼlim beriş jarayonlari juda yorqin va taʼsirli tarzda körsatib berilgan. Öquvçilik paytlarim darslikka kiritilgan uşbu qissadagi jazolaşga oid lavhalarni öqib, bolalarning azoblanişlariga çidolmasdan, közlarimga yoş quyilib kelganini bilmay qolardim.

Maktabni qişloqda bitirgan bir tanişimning aytişiça, bundan 40 yillar oldin, yomğir yoqqan kunlarning birida öz sinfdoşlari bilan birgalikda tuflilariga ilaşgan loylarni oyoqlarini sermagança, kim özar qilişib, sinf devoriga otişgan. Oqibatda oq devor qora loyga qorilgan. Bundan xabar topgan öqituvçilar ularni maktab idorasiga olib borişib, kaltaklaşgan. “Öşanda bizni kaltaklaşmasdan bu işning xato, yomonligini yaxşilab tuşuntirişganda ham yetarli bölardi. Hozir ham öşa kaltaklarni eslasam, vujudimda oğriq turadi, ammo qilmişimizni öylab, uyalib ketaman“, – deydi u.
Ha, baʼzan bolalar şöxliklari oqibatida nomaqbul işlarga qöl urişadi, lekin oqibatlari haqida öylab körişmaydi. Bunday hollarning yuz bermasligi uçun maktablarda tarbiyaviy soatlar va tuşuntiriş işlarining ham köproq bölişi talab etiladi. Menimça, şunda ayrim köngilsiz voqealar, jumladan, oz bölsada uçrab turadigan urib jazolaşlarning oldi olinarmidi?!

Bolani uriş, qaltis harakat oqibatida baʼzan mutloqo kutilmagan, fojiali holatlar ham yuz berişi mumkin. Bu holda bola oğir jarohat olişi yoki bir umrga nogiron bölib qolişi mumkin. Çunki bola misoli yoş niholga öxşaydi. Uni parvarişlayman deb unga tuzalmas jarohat yetkazib qöyiş heç gap emas.
Bolani ursa, yaxşi odam böladi deb öylovçilar şuni yaxşi bilişlari kerakki, heç qaçon yomon işlarning oqibati yaxşilik bilan tugamaydi. Xalqimiz tomonidan aytilgan “Nima eksang, şuni örasan”, “Neki yomonlik qilsang, qirk yilda bölsa ham özinga qaytadi” degan sözlar bejiz aytilmagan, axir.

“Hali bu yoş bola, tezda unutib yuboradi” deganlar esa qattiq yanglişadilar. Bola xotirasidan yaxşilik ham, yomonlik ham aslo öçmaydi, bir umrga saqlanib qoladi.
Feysbuk iştirokçilaridan biri yozişiça, tengdoşining otasi içib kelganida, bolasini köpinça ayovsiz kaltaklar, keyin kiyimlarini yeçib olib, köçaga haydar ekan. Öşa bola ösib, katta bölgaç, otasini ham bir neça bor şu köyga solibdi. Bunday voqealarga şaxsan özim ham guvoh bölganman. Bir yigit otasi vafot etgaç, öz ukasini köpinça bölar-bölmasga uraverardi. Ammo bu dunyo qaytar dunyo ekan. Uka ulğaygaç, akasini bir neça bor ölasi qilib, kaltaklaganidan xabarim bor.

Axir biz 21-asrda yaşamoqdamiz. Yurtimiz mustaqilikka erişganiga ham 35 yil böldi. Endi tarbiya ham şunga yaraşa bölişi kerak, bölayapti ham. Qaçongaça ayrim ota-onalar, ayrim öqituvçilar bolalarni uriş orqali tarbiyalaş mumkin deb öylaşadi. Endi bu holatga butunlay çek qöyiş vaqti keldi. “Yaxşi gap bilan ilon inidan çiqadi” degan hikmat ham bejiz aytilmagan. Uriş, kaltaklaş bolani tarbiyalamaydi, aksinça uni alamzada va qaysar qilib qöyadi.
Demak, faqat mehr beriş, şaxsiy ibrat körsatiş, kitobga jalb etiş, töğri sözlikka, vatanni seviş, ota-ona va ustozlarni hurmat qilişga örgatiş, yöl qöygan xatolarining oqibatlarini tuşuntiriş orqaligina bolaning köngliga yöl topiş, uni oqibatli inson qilib tarbiyalaş mumkin. Buni biz uluğ alloma va şoirlarimiz Ibn Sino, Beruniy, Alişer Navoiy, Bobur, Nodira, Uvaysiy va boşqa donişmand bobo-momolarimiz tomonidan yozilib, bizlarga qoldirib ketgan gap-söz – hikmatlari, beqiyos meroslaridan ham bilsak böladi.
Turob NIYOZ,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi
ÖzA