Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka chek qo‘yiladi (+video)
O‘zbekiston ish joylarida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashda yangi davr boshlandi. Prezident qarori xavfsiz va hurmatli muhitni ta’minlashga qaratilgan.
Joriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.
Batafsil ma’lumotni lavhamiz davomida bilib olishingiz mumkin.
Muhayyo Turdaliyeva, Oybek Davronov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA