Ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak? (+video)
Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori.
Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikum bitiruvchilari ushbu talablarga qay darajada javob bermoqda?
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan 27-iyuldan boshlab Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasi o‘tkazilishi e’lon qilindi. Mazkur so‘rovnoma orqali bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari, mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi. So‘rovnoma davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining volontyorlari Ish beruvchilar bilan telefon orqali bog‘lanishadi. So‘rovnoma o‘tkazilishidan asosiy maqsad, so‘rovnoma savollari va tahlili haqida batafsil ma’lumot lavhamiz davomida.
Батафсил: <iframe width="1335" height="751" src="https://www.youtube.com/embed/mmnvUWy_Wto" title="Ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Salimjon Obidjonov, O‘zA